19:30 / 21.01.2020
1 925

Gvardiola ingliz futbolini isloh qilishni taklif qildi

Gvardiola ingliz futbolini isloh qilishni taklif qildi
“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fikricha Angliya futbolida o‘yinlar soni juda ham ko‘p va ularni qisqartirish kerak.

Qaror qabul qilish kerak. Mavsumni 400 kunga mo‘ljallab tuzib chiqish yoki ayrim musobaqalarni olib tashlash kerak. Ular butunlay olib tashlansagina o‘yinlar soni kamayadi. Kamroq o‘yinlar, kamroq musobaqalar va kamroq jamoalar sifatni oshiradi. Va ishonamanki bu muxlislarga yoqadi.

Germaniya va Ispaniyada o‘yinlar kam, bu yerga nisbatan solishtirganda ancha kam. Bundesligada 20 ta jamoa emas 18 ta jamoa, 2 ta kubok emas 1 ta kubok bor. Kubok bosqichlarida 2 ta emas 1 ta o‘yin bo‘ladi. Bu juda katta farq. Ular bundan zavqlanishadi
”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, “Siti” o‘tgan mavsum Angliyada jami 61 ta o‘yin o‘tkazdi va ichki musobaqalarning barchasida zafar quchdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola ingliz futbolini isloh qilishni taklif qildi