
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining pley-off bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - "Al-Hilol" ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Qiziqarli kechgan bellashuvda Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "shaharliklar" Saudiya klubiga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Dastlab uchrashuvning 10-daqiqasidayoq Bernardu Silva hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘limda muxlislar boshqa gol ko‘rishmadi. Barcha voqealar ikkinchi bo‘limda sodir bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasidayoq Leonardo hisobni tenglashtirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib esa qarshi hujumdan unumli foydalangan Malkom hisobda jamoasini oldinga olib chiqdi.
Shunday bo‘lsa ham 4 daqiqa o‘tib, burchakdan uzatilgan to‘pni Xoland darvoza tomon yo‘llab, yana oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi. Qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tilganda Kulibali gol urib, hisobni 2:3 ko‘rinishiga keltirdi. 104-daqiqada esa Foden yana muzovatni tenglashtirdi. 112-daqiqaga kelib, Leonardo dublni rasmiylashtirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar