date

"Barselona" moliyaviy cheklovlardan xalos bo‘lishiga bir qadam qoldi

"Barselona" moliyaviy cheklovlardan xalos bo‘lishiga bir qadam qoldi
Kataloniyaning mashhur “Barselona” klubi so‘nggi yillarda moliyaviy cheklovlar, transfer bozoridagi faoliyatlariga qo‘yilgan to‘siqlar va La Ligadagi “1:1” qoidasi bilan bog‘liq qator muammolar bilan yuzlashdi. Ammo, nihoyat, bu og‘ir jarayonning oxiri ko‘rinmoqda, deb yozadi Diario Sport.

Ma’lumotlarga qaraganda, klub “Kamp Nou”dagi VIP-joylarning foydalanish huquqini sota turib, 100 million yevroga yaqin mablag‘ yig‘ish orqali moliyaviy yukini yengillashtirishga harakat qilmoqda. Bu pullar orqali klub transfer bozorida erkin harakat qilish huquqini qayta tiklashni maqsad qilgan.

Mustaqil audit kompaniyasi Crowe Spain tomonidan taqdim etilgan so‘nggi hisobot “Barselona”ning rejasini amaliyotga asoslangan va moliyaviy jihatdan to‘g‘ri yechim sifatida baholadi. Xususan, 457 ta VIP-joyni turli investorlarga taqdim qilish va ular orqali tushadigan mablag‘larni joriy mavsum moliyaviy hisobotiga qo‘shish taklifi ma’qullangan.

Klub shu paytgacha 58 million yevroga ega bo‘lgan. “Forta Advisors Limited” — 28 million, “New Era Visionary Group” esa — 30 million yevro to‘lab bo‘lgan. Biroq qolgan 42 million yevroga teng qismi uchun hali ham yangi investorlar izlanmoqda.

Agar bu mablag‘ to‘liq yig‘ilsa, “Barselona”ga La Liga tomonidan qo‘yilgan transfer cheklovlari bekor qilinishi va klub yana erkin ravishda futbolchi xarid qilishi mumkin bo‘ladi. Bu esa yangi mavsum arafasida jamoaga katta naf beradi.

Shu bilan birga, klubning maoshlar jadvalidagi yukni kamaytirish uchun ayrim futbolchilar bilan xayrlashishiga ham to‘g‘ri keladi. Bu jarayonda asosan kamroq harakatda bo‘lgan yoki yuqori maosh to‘lanadigan o‘yinchilar ko‘rib chiqiladi.

Kataloniya klubi moliyaviy erkinlikka erishish arafasida turibdi. Agar barchasi reja bo‘yicha kechsa, “Barselona” yozgi transfer oynasida o‘z so‘zini aytadigan klublardan biriga aylanadi. Muxlislar esa jamoaning yana porlaydigan davrini intizorlik bilan kutishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barselona" moliyaviy cheklovlardan xalos bo‘lishiga bir qadam qoldi