09:14 / 06.03.2015
10 035

Samsung itlar uchun 30 ming dollarlik shohona uycha yasadi

Samsung itlar uchun 30 ming dollarlik shohona uycha yasadi

Samsung Electronics itlar uchun 30,6 ming dollarlik «orzudagi uy»ni taqdim etdi, deya xabar bermoqda CNBC. Shohona ixtironi dunyodagi eng yirik dog-shou — Crufts’da ko‘rish mumkin.

Budka ochiq savdoga chiqarilmaydi, balki kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilingan tanlovlarda sovrin sifatida beriladi.

Uycha ikki «xona»dan iborat: biri dam olish uchun, ikkinchisi esa ko‘ngilxushlik qilish va ovqatlanish uchun. Shuningdek sun’iy gazonli o‘tloq, shaxsiy trenajyor, gidromassajli vanna, vovullab ovoz chiqaradigan eshik qo‘ng‘irog‘i va itning o‘zi mustaqil boshqarishi mumkin bo‘lgan, eguliklarga ega avtomat mavjud.

Crufts ko‘rgazmasi 5—8 mart kunlari Angliyaning Birmengem shahrida bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung itlar uchun 30 ming dollarlik shohona uycha yasadi