Tramp Eron bilan Hormuzni birgalikda nazorat qilishni taklif qildi

AQSH prezidenti Tramp Hormuz bo‘g‘ozi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Eron bilan “qo‘shma loyiha” shaklida hamkorlik qilishni ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. U, shuningdek, bo‘g‘oz orqali tranzit shartlari va yuk harakatini muhokama qilish imkoniyatlari borligini ham aytdi. Bu haqida ABC News xabar qildi.
Mojarodan oldin Hormuz bo‘g‘ozi xalqaro dengiz huquqiga ko‘ra erkin harakatlanadigan suv yo‘li hisoblanar edi. Bloomberg agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Fors ko‘rfazida Eronga qarshi harbiy harakatlar tufayli 800 dan ortiq kema bo‘g‘ozdan o‘ta olmay to‘planib qolgan.
Agentlik yozishicha, “Ikki haftalik kelishuv Hormuzni vaqtincha ochishi mumkin, ammo vaziyat hanuz xavfli, kema egalari esa xavfsizlik kafolatisiz harakatni tiklashga shoshilmayapti”.
Yaqinda chiqqan xabarlarga ko‘ra, Tasnim axborot agentligi ma’lum qilishicha, agar Isroil Livanga hujumlarni davom ettirsa, Eron tuzilgan sulh kelishuvidan chiqishi mumkin. Undan tashqari, Isroilning Livanga qilgan hujumlaridan so‘ng Eron Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashishni to‘xtatgani ham xabar qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!