date

PSJ o‘z maydonida "Liverpul"ni mag‘lub etdi

PSJ o‘z maydonida "Liverpul"ni mag‘lub etdi

UEFA Chempionlar Ligasining chorak final dastlabki uchrashuvida Parijning PSJ jamoasi o‘z maydonida Angliyaning Liverpul klubini qabul qildi. Uchrashuv maydon egalarining to‘liq ustunligi ostida o‘tib, 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alaba bilan yakunlandi. O‘yinning 11-daqiqasidayoq Dezire Due hisobni ochgan bo‘lsa, 65-daqiqada Xvicha Kvaratsxeliya parijliklarning ikkinchi golini urib, g‘alabani mustahkamladi.

Statistika PSJning mutlaq hukmronligini ko‘rsatmoqda: parijliklar 74% to‘p nazoratiga ega bo‘lishdi va raqib darvozasi tomon 17 ta zarba yo‘llashdi (shundan 7 tasi aniq). Liverpul esa butun o‘yin davomida raqib darvozasiga birorta ham aniq zarba bera olmadi. 733 ta pas va 93% aniqlik bilan o‘ynagan Luis Enrike shogirdlari javob o‘yini oldidan juda katta ustunlikka ega bo‘lishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ o‘z maydonida "Liverpul"ni mag‘lub etdi