Asal Shodiyevaning tug‘ilgan kuniga Shohruhxondan romantik sovg‘a!

6 aprel sanasida O‘zbekistoning shou-biznesi olamining yorqin vakillaridan biri bo‘lgan aktrisa va xonanda Asal Shodiyeva o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Mashhur san’atkor hozirda turmush o‘rtog‘i Shohruxxon bilan Turkiyaning Antaliya shahrida dam olishmoqda. Yulduzli juftlikni o‘zining yaqin do‘stlari, taniqli aktrisa va xonanda Sitora Farmonova va uning umr yo‘ldoshi hamrohlik qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Asal Shodiyeva uchun ko‘plab samimiy tabriklar va tilaklar yo‘llanmoqda. Uning muxlislari uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, chin qalbdan baxt, sog‘lik va muvaffaqiyatlar tilashmoqda.
Asal Shodiyeva, nafaqat o‘zining musiqa va aktrisalik faoliyati bilan, balki shaxsiy hayotidagi yutuqlari bilan ham ko‘plab yurtdoshlarining qalbini zabt etgan san'atkordir. Yulduzli juftlikning bayramga Turkiyada bo‘lishi esa bu yilgi tug‘ilgan kunni yanada yorqin qiladi.
