date

Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan birinchi kema tinchlik kelishuvidan keyin o‘tdi

Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan birinchi kema tinchlik kelishuvidan keyin o‘tdi

Eron davlat teleradiokompaniyasi maʼlumotiga ko‘ra, Vashington va Tehron tomonidan eʼlon qilingan ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatishdan so‘ng Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali birinchi savdo kemasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Taʼkidlanishicha, kema bo‘g‘ozdan xavfsiz o‘tish uchun Eron rasmiylari ruxsat bergan.

Pentagon rahbari Pit Hegset matbuot anjumanida bo‘g‘oz kemalar harakati uchun ochiq ekanini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron harbiylari savdo kemalarining xavfsiz o‘tishini taʼminlagan, har ikki taraf kuzatuv olib bormoqda, lekin savdo harakati davom etadi.

Hegsetning taʼkidlashicha, AQSH harbiylari Eronning kelishuvga rioya qilishini nazorat qilish maqsadida Yaqin Sharqda yaqin masofada bo‘lib turishmoqda. Shu bilan birga, Reuters manbalari Eronning hali ham Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qisman yopiq holatda saqlayotganini, baʼzi kemalar uchun xavf mavjudligini xabar qilishdi. Eron rasmiylari ruxsatsiz o‘tishga urinib ko‘rgan kemalarga nisbatan tahdid bildirgan.

Keyinchalik Eronning Fars agentligi xabar berishicha, Isroilning Livanga zarbalari fonida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali tanker harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Reuters agentligiga maʼlum bo‘lishicha, Eron yuqori darajali rasmiylari Pokistonda Amerika va Eron rasmiylari o‘rtasidagi muzokaralar davomida 9 yoki 10 aprel kuni bo‘g‘ozni cheklangan va nazoratli rejimda ochishini bildirgan. Kemachilik kompaniyalari esa xavfsizlik kafolatlarini talab qilgan.

Fevral oxirida AQSH va Isroil Eron bilan to‘qnashuvdan oldin dunyo nefti taʼminotining beshdan biri Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tgan edi. Harbiy harakatlar boshlangach, Eron bo‘g‘ozni to‘sib qo‘ygan. 8 aprelga o‘tar kechasi esa AQSH va Eron ikki haftalik o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi. Donald Tramp Vashington Ho‘rmuz bo‘g‘ozini tez orada ochishini shart qilgan holda Eronni bombardimon qilishni to‘xtatishini maʼlum qildi.

Isroil bu tinchlik harakatini qo‘llab-quvvatlagan, ammo Livandagi yangi frontda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvlari to‘liq amalga oshirilmagan. 8 aprel kuni Isroil Yaqin Sharqdagi urush davomida Livanga «eng katta zarba» berganini eʼlon qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan birinchi kema tinchlik kelishuvidan keyin o‘tdi