Alphabet xoldingi dronlari burrito etkazib berish bilan shug‘ullanadi

  • 12 sentyabr 2016, 11:46
  • 4 566
  • Texnologiya
  • Alphabet xoldingi dronlari burrito etkazib berish bilan shug‘ullanadi

    Alphabet xoldingi (Google uning sho‘’basi) Virginiya politexnika universiteti talabalariga Project Wing loyihasining uchuvchisiz uchar qurilmalari yordamida burrito etkazib berish bo‘yicha sinov loyihasini ishga tushiradi, deb yozadi "Daryo" nashri.

    Tovarlarni kichik va o‘rta masofalarga uchuvchisiz uchar qurilmalar orqali etkazish avtotransport yoki kurerlardan foydalangandan ko‘ra, tijorat jihatidan foydaliroqdir, shu tufayli ko‘plab kompaniyalar bunday tizimlarga qiziqib qolgan.

    Alphabet xoldingi Chipotle Mexican Grill restoranlar tarmog‘i va Virginiya politexnika universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazayotgan loyiha 2016 yil sentyabrda boshlanadi. Dron eng yaqin masofada joylashgan, avtofurgon bazasidagi ko‘chma kafedan burrito etkazib beradi, bunda u avtonom rejimda harakatlanadi, faqat zaruriyat bo‘lganida, operator parvozga aralashishi mumkin.

    » » Alphabet xoldingi dronlari burrito etkazib berish bilan shug‘ullanadi