Aktrisa va aktyorning qizi Bibiniso 4 yoshda (video)

Aktrisa Madina Nigmatullayeva va aktyor Mahmud Tursunov oilasida quvonchli kun — ularning qizi Bibiniso 4 yoshni qarshi oldi.
Shu munosabat bilan Mahmud Tursunov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qizalog‘i ishtirokidagi samimiy videoni ulashdi. Videoga aktyor “С днём рождения, qizim 4” deya mehrga to‘la izoh qoldirgan.
Qisqa vaqt ichida ushbu post ko‘plab muxlislar e’tiborini tortdi. Izohlarda kuzatuvchilar Bibinisoni tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabriklab, unga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, baxtli bolalik va yorqin kelajak tilashdi.
Bibinisoning beg‘ubor tabassumi va quvnoq kayfiyati aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda iliq taassurot uyg‘otdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing