date

Yaponiyada chaqaloq nega yig‘layotganini aniqlaydigan AI ilova yaratildi

Yaponiyada chaqaloq nega yig‘layotganini aniqlaydigan AI ilova yaratildi

Yaponiyada sun’iy intellekt asosida ishlovchi Awababy ilovasi ishlab chiqildi. U ota-onalarga chaqaloq nega yig‘layotganini tushunishga yordam beradi.

Ma’lum qilinishicha, ilova taxminan 150 mingta audioyozuvlar asosida o‘qitilgan. Algoritm tovushning balandligi, tembri va davomiyligini tahlil qilib, yig‘ining sababini aniqlaydi. Ilova 11 xil holat va ehtiyojni tanib oladi. Ular qatorida ochlik, uyquchanlik, noqulaylik, yolg‘izlik, harorat o‘zgarishi, qorin og‘rig‘i va e’tiborga muhtoj kabilar bor.

Shuningdek, foydalanuvchilar turli holatlarda bolani qanday tinchlantirgani haqida tajriba almashishi mumkin. Bu esa umumiy tavsiyalar bazasini shakllantirishga xizmat qiladi. Ma’lum qilinishicha, 20 apreldan boshlab Yaponiyaning Misima shahrida ikki yoshgacha bolasi bor oilalar uchun ilovaning premium versiyasi bepul taqdim etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yaponiyada chaqaloq nega yig‘layotganini aniqlaydigan AI ilova yaratildi