Xiaomi Redmi 3S Plus – arzon narxli kuchli smartfon

  • 03 oktyabr 2016, 23:01
  • 6 672
  • Texnologiya
  • Xiaomi Redmi 3S Plus – arzon narxli kuchli smartfon

    Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yaxshi texnik parametrlarga ega bo‘lgan arzon Redmi 3S Plus smartfonini taqdim qildi. Smartfon 5 dyuymli displey va 4100 mA/st sig‘imli yirik batareyaga ega.

    Redmi 3S Plus tashqi tarafdan Redmi 3S modelidan deyarli farq qilmaydi. Texnik parametrlari ham ancha bir-biriga yaqin. Redmi 3S Plus metall korpus bilan o‘ralgan, barmoq izi skaneri ham ko‘zda tutilgan. Hi-tech.mail.ru nashriga asoslanib Terabayt.uz yozishicha, smartfon 140 dollar narxida sotuvga chiqariladi.

    Xiaomi Redmi 3S Plus versiyasiga HD aniqligidagi ekran, sakkiz yadroli Snapdragon 430 prosessori, 13 MPli kamera, 2 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Doimiy xotira sig‘imini microSD yordamida yanada kengaytirish mumkin.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xiaomi Redmi 3S Plus – arzon narxli kuchli smartfon