date

Joan Laporta: "Hakamlar ko‘pincha “Real” jamoasiga yordam beradi"

Joan Laporta: "Hakamlar ko‘pincha “Real” jamoasiga yordam beradi"

Ispaniya futbolidagi abadiy raqobat yana yangi bahslarga sabab bo‘ldi. “Barselona” prezidenti Joan Laporta hakamlar faoliyati haqida keskin fikr bildirib, ular ko‘p hollarda “Real” manfaatlarini qo‘llab-quvvatlayotganini taʼkidladi.

Laportaning so‘zlariga ko‘ra, “Barselona” doimo raqobatchilaridan ko‘ra kuchliroq o‘ynashga majbur, chunki hakamlar tomonidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlanmayapti. U bu holatni ochiqchasiga noxolislik deb baholab, ayrim qarorlar muntazam ravishda “Real” foydasiga chiqarilayotganini aytdi.

Bu kabi bayonotlar Ispaniya chempionatidagi kurash yana-da qizg‘in tus olayotgan bir paytda yangramoqda. Hozirda La Liganing 29-turidan keyin kataloniyaliklar 73 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Ularning eng yaqin taʼqibchisi — “qaymorqanglilar” esa 69 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallagan.

Kelasi tur esa yana-da qiziqarli o‘tishga vaʼda bermoqda. “Barselona” o‘z maydonida “Atletiko”ga qarshi bahs olib borsa, “Real” “Malyorka” bilan kuch sinashadi. Bu uchrashuvlar chempionlik poygasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin.

Shubhasiz, Laportaning bu bayonoti futbol jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab bo‘ladi. Endi eʼtibor nafaqat maydondagi o‘yinga, balki hakamlar qarorlariga ham qaratilmoqda. Chunki mavsumning hal qiluvchi pallasida har bir qaror chempionlik taqdiriga taʼsir o‘tkazishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Joan Laporta: "Hakamlar ko‘pincha “Real” jamoasiga yordam beradi"