date

iPhone 18 Pro yangiliklari: yangi dizayn va kuchli kamera

iPhone 18 Pro yangiliklari: yangi dizayn va kuchli kamera

Insayderlar iPhone 18 Pro‘ning o‘ziga xos xususiyatlarini ochiqlab berishdi. Bu haqda “PhoneArena” xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, yangi iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellari an’anaviy ko‘rinish, o‘zgaruvchan diafragmali kamera va kengaytirilgan batareya bilan jihozlanadi.
Qurilmalarning eng asosiy yangiligi sifatida kichiklashtirilgan Dynamic Island (ekrandagi kesik) e’tirof etilgan.

Shu bilan birga, smartfonlar Apple tarixidagi eng yuqori samarali protsessor — A20 Pro‘ga ega bo‘ladi.

18 Pro va 18 Pro Max o‘zgaruvchan diafragmali kamera bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Bu sensorga tushadigan yorug‘likni aniqroq boshqarish, suratga olish jarayonini mukammal sozlash va tasvir chuqurligini (bokeh) yaxshilash imkonini beradi.

Qo‘shimcha funksiyalar qatorida 5G sun’iy yo‘ldosh aloqasini qo‘llab-quvvatlash ham bor. Qurilmalar Apple tomonidan ishlab chiqilgan yangi C2 modemi bilan taqdim etiladi. Shuningdek, smartfonlarga 5200 mAchdan boshlanadigan keng akkumulatorlar o‘rnatiladi.

iPhone 18 Pro va 18 Pro Max taqdimoti sentyabr oyida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bazaviy iPhone 18 esa 2027 yil boshida namoyish etiladi. Yangi seriya to‘q qizil, qahvarang va binafsha ranglarda taqdim etilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » iPhone 18 Pro yangiliklari: yangi dizayn va kuchli kamera