date

Tramp: AQSHda hech kim bilmaydigan qurollar mavjud

Tramp: AQSHda hech kim bilmaydigan qurollar mavjud

AQSH Prezidenti Donald Tramp “Kelajak investitsiyalari tashabbusi” tadbirida hech kim bilmaydigan qurollar borligini ma'lum qildi.

"Bizda bir nechtamizdan tashqari hech kim bilmaydigan qurollar bor", dedi Tramp.

Trampning boshqa bayonotlari:

— Bugun biz Yaqin Sharqda Eron terrori va tajovuzidan xoli kelajakka har qachongidan ham yaqinmiz;

— Eron Oliy Rahbari endi oliy emas — u o‘lgan. Uning o‘g‘li yo o‘lgan yoki juda yomon ahvolda. Menimcha, u: "Meni siyosatdan uzoqroq tutinglar" deyapti;

— Buyuk Britaniyaning aviatashuvchilari haqida: Ular unchalik yaxshi emas — ular sekin va unchalik ishonchli emas;

— NATO haqida: Agar qachondir "katta urush" bo‘lsa, men ularning u yerda bo‘lmasligiga kafolat beraman. Ular katta xato qilishdi;

— Men butun Saudiya Arabistoni Qirolligiga minnatdorchilik bildirmoqchiman; ular NATOdan farqli o‘laroq, juda foydali bo‘lishdi;

— Biz Eronning raketa uchirish moslamalarining 97 foizini yo‘q qildik; "Menimcha, Turkiya yaxshi davlat; ular biz ulardan so‘ragan narsaga xalaqit berishmadi;

— Kongressdagi demokratlar menga biroz Eronni eslatadi. Ular aqldan ozgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: AQSHda hech kim bilmaydigan qurollar mavjud