Garvard universiteti olimlari yana ikki yildan keyin Er yuzida mamontlar paydo bo‘lishi haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
Amerikalik olimlar qirilib ketgan mamontlarni “qayta tiriltirishlari”ga ishontirmoqda. Olim Jorj Cherch boshchiligidagi guruh qirilib ketgan mamontlarning genlariga Osiyo fillarining xromosomalari yordamida o‘zgartirish kiritishni rejalashtirgan.
Mutaxassislar Osiyo fillari va mamontlarning genlari bir-biriga o‘xshashligini aniqlashdi va mamontning DNKsini Osiyo filiga ko‘chirib o‘tkazishdi. Biologlarning aytishicha, endi ular duragay embrionni yaratishlari mumkin. Ilk duragaylar qalin junli, quloqlari kichkina va dandon tishli fillar bo‘ladi.
Olimlar sovuqqa chidamli, yangi mamontga allaqachon mammophant (inglizcha mammoth - mamont va elephant - fil) deb nom qo‘yishdi. Biologlarning mazkur tadqiqotni o‘tkazishdan maqsadi, bundan to‘rt ming yillar ilgari qirilib ketgan mamontlarni qayta dunyoga keltirish va hozirda kamyob jonivorga aylangan Osiyo fillarini saqlab qolishdir. Cherch 2015 yildan beri mamontlarni qayta tiriltirish bilan shug‘ullanuvchi Woolly Mammoth Revival loyihasining rahbari hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»