11:35 / 09.04.2020
1 391

"Samoizolyatsiya qurbonlari": koronavirus tufayli migrantlar qancha pul yo‘qotadi?

"Samoizolyatsiya qurbonlari": koronavirus tufayli migrantlar qancha pul yo‘qotadi?

Koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyat deyarli barcha fuqarolar toifalarida o‘z aksini topdi, ammo o‘z vataniga qaytib keta olmayotgan va RFda joriy qilingan o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimi tufayli mablag‘da chegaralangan mehnat migrantlari eng zaif holatda qolmoqda.

Koronavirus epidemiyasi Rossiyada mehnat migrantlarini qiyin ahvolga solib qo‘ydi: ularning katta qismi deyarli ishidan ayrildi; chet elliklar ko‘pligi sababli hammalarini o‘z vataniga qaytishi jismonan ham va qonunan ham mumkin emas - barcha aviareyslar vaqtincha to‘xtatilgan. 1 million o‘zbekistonliklarni uyiga jo‘natish uchun yiliga 8 ming yoki kuniga 22ta reys amalga oshirish kerak. Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari mablag‘ taqchilligiga duch kelishgan. Bundan tashqari, migrantlarning aksariyatida yashash muddatini uzaytirishda muammolar mavjud.

Ushbu muammolar asta-sekin biron-bir tarzda hal qilinishi mumkin, ammo koronavirus baribir O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston iqtisodiyotiga sezilarli zarar yetkazadi. Hisoblashga harakat qilaylik.

Migrantlar soni
Statistikaning nomukammalligi tufayli Rossiyada yashayotgan mehnat migrantlarining soni to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q (faqatgina RF Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Chegara xizmatining chet el fuqarolarining kirishi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlari mavjud), shuningdek, ularning daromadlari miqdori va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha aniq taqsimlanishi to‘g‘risida ma’lumot ham yo‘q. Tanlanma ma’lumotlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi, ularning ba’zilari 2017 yil uchun.

Birinchi savol - mehnat migrantlarining soni. Rossiya Federatsiyasiga kirgan yoki tegishli davlatlarni tark etgan odamlarning soniga e’tibor qaratish kerak. 2019 yilning birinchi yarmida RF FXX chegara xizmati 918 ming O‘zbekiston fuqarosi, 523,9 ming Tojikiston fuqarosi va 265 ming Qirg‘iziston fuqarosi kirganini e’lon qildi. Ushbu ma’lumotlar shu respublikalarning Rossiyadagi barcha fuqarolarining to‘liq sonini ko‘rsatishi aniq emas, chunki ularning aksariyati bu yerda uzoq vaqt yashaydilar, shu jumladan noqonuniy ravishda.

Garchi ko‘plab migrantlar kelib, oilalar bilan yashashsa-da, ularning aksariyati mehnatga layoqatli yoshdagilarga taalluqlidir. Shunday qilib, ularning barchasi ishlashini hisobga olamiz.

Daromadlar va xarajatlar
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR) ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat migrantlari Rossiya iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo‘shadilar - taxminan 11 trillion rubl. Bu 2019 yilda Rossiyaning yalpi ichki mahsulotining 10,2 foizini tashkil etadi.

Shu bilan birga, 2017 yil ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif buyuruvchilarning ish haqi butun Rossiya bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga teng bo‘lib, O‘zbekiston fuqarolari uchun oyiga 29 ming rubl, Tojikiston fuqarolari uchun 28 ming rubl va Qirg‘iziston fuqarolari uchun 29,3 ming rublni tashkil etgan.

Migrantlar o‘z daromadlarining bir qismini o‘z-o‘zini ta’minlashga sarflashadi. Ularning Rossiyada yashash darajasi, qoida tariqasida, past va agar u yashash minimumidan oshsa ham, sezilarli baland oshmaydi. RF Mehnat vazirligi 2019 yilda mehnatga layoqatli ishchining yashash minimumini oyiga 11,9 ming rublga baholadi. 12 ming rublgacha yaxlitlaylik. Keyin jadvalda (yillik hisobda) mehnat migrantlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni umumlashtirish mumkin.

Bizni barcha yashash uchun xarajatlarini hisobga olgan holda mehnat migrantlarida qancha pul qolishi qiziqtiradi. Jadval ma’lumotlari migrantlar ijaraga olgan uy-joy uchun to‘lashayotgan miqdorga kamaytirilishi kerak. Ammo ular qancha to‘lashadi - bu haqda mutlaqo ma’lumot yo‘q. Hatto ijaraga olingan uylarda qancha migrant yashayotgani va har biriga ijara haqi qanchaga to‘g‘ri kelishini ham aytish qiyin.

Ba’zi migrantlar ish joyida, masalan, qurilish maydonchalaridagi qo‘shimcha honalarda, kasal va qariyalarga qaraydiganlari shu uylarning o‘zida yashaydilar va ular yashash uchun umuman pul to‘lamaydilar. Uy-joy narxining miqdorini aniqlashning ilojisi bo‘lmaganligi sababli, ekspert bahosiga murojaat qilishimiz kerak bo‘ladi. Agar ijara ulushi sifatida qoldiqning 25 foizini chegirsak, quyidagicha ko‘rinishni olamiz:

Pul - oilaga
2019 yilda Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan fuqarolar o‘z vatanlariga 8 milliard dollardan ko‘proq pul o‘tkazishdi.
Shunday qilib, biz pul o‘tkazmalarini mehnat migrantlarining barcha turmush xarajatlaridan keyin ularning qo‘lida qoladigan sof daromadi bilan taqqoslashimiz mumkin. Sarhisob qilingan balans ma’lumotlari 2019 yil uchun rublning dollarga nisbatan o‘rtacha kursi bo‘yicha dollarlarga aylantiriladi - 64,7 rubl.

Qirg‘iziston fuqarolari uchun farq, shubhasiz, ularning katta qismi Rossiya fuqaroligini qabul qilganligi va shu sababli migrantlar statistikasiga kiritilmaganligi sababli, ammo Qirg‘izistondagi qarindoshlariga pul o‘tkazmalarini o‘tkazishda davom etayotganidadir, va bu ularning o‘tkazmalarning umumiy miqdorida hisobga olinadi.

Zararni baholash
Rossiyada migrantlarning bandligi qisqarganligi sababli, daromad va pul o‘tkazmalari ham, albatta, pasayadi. Pasayish hajmini mehnat migrantlarini tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi asosida hisoblab chiqish mumkin.

O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish davrida qaysi sohalar va qanchalik qulashi mumkin edi? Savdo asosan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish bilan chegaralanishgacha qisqarib, qariyb ikki baravarga kamaydi (2019 yilda oziq-ovqat mahsulotlari ulushi umumiy chakana tovar aylanmasining 47,7 foizini tashkil etdi). Qurilish, imkon boricha baholasak, hajmlari sezilarli darajada pasaymagan holda ishlamoqda. Transport bir oz pasaydi, aloqa ishlamoqda. Kurer xizmatlariga talab oshdi.

To‘liq yoki jiddiy pasayish mehmonhona, uy va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Migrantlarning ish bilan ta’minlanishining umumiy pasayishi 53,1% ga baholanishi mumkin. Masalan, ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Qirg‘iziston fuqarolarining ish bilan ta’minlanishi taxminan bir xil ma’lumotni ko‘rsatmoqda - taxminan 50%.

Natijada, aprel oyida migrantlarning o‘z vataniga pul o‘tkazmalari qisqarishi 50% yoki undan ko‘proq ham pasayishi mumkin, chunki Rossiyadagi migrantlar inqiroz sharoitida yashashlari uchun pulni ushlab turishadi.

Agar O‘rta Osiyoning uchchala respublikasi fuqarolari har oy o‘z vatanlariga o‘rtacha 725 million dollar yuborishini hisobga olsak, inqiroz davrida bu miqdor 362,5 million dollargacha tushishi mumkin. Bu kam emas - O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonga yillik pul o‘tkazmalarining 4 foizi.

Bu, o‘z navbatida, ushbu mamlakatlarda ichki iste’molga va asosan migrantlar o‘tkazmalari hisobidan moliyalashtiriladigan import hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, mahalliy korxonalarni ish bilan bandligiga va davlat budjetining daromadliligiga vayronlik ta’sir ko‘rsatadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)