date

Namanganda 13 yoshli qizni 53 yoshli oʻqituvchi zoʻrlashda gumonlanmoqda

Namanganda 13 yoshli qizni 53 yoshli oʻqituvchi zoʻrlashda gumonlanmoqda

Nаманган viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 6-sinf o‘quvchisiga nisbatan zo‘rlik qilganlikda 53 yoshli o‘qituvchi gumonlanmoqda. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 28 mart kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqarо H.D. tuman IIBga murojaat qilib, 2013-yilda tug‘ilgan qizi O.O. tuman umumta’lim maktabi 6-sinfda o‘qishi davomida, maktabning 1973-yilda tug‘ilgan erkak o‘qituvchisi T.Sh. tomonidan unga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilganini bildirgan.

Nаманган viloyati IIB bu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik bilan g‘ayritabiiy usulda qondirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini, gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olinganini va unga nisbatan qo‘llaniladigan ehtiyot chorasi qamoqqa olish ekanini ma’lum qildi. Tergov harakatlari hozirda davom etmoqda.

Bolalar ombudsmani o‘z vakolati doirasida bolaga qarshi sodir etilgan jinoyat ishi yuritilishi hamda jabrlanuvchi bo‘lgan bolaning protsessual huquqlari ta’minlanishi yuzasidan kuzatuvini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tish joizki, 3 mart kuni Prezident ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va tazyiq holatlariga chek qo‘yishni nazarda tutuvchi farmonni imzolagandi. Unga ko‘ra, 2026 yil 1 noyabrdan boshlab Jinoyat kodeksining 118 va 119-moddalarida ko‘rsatilgan jinoyatlarni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan sodir etgan shaxslar uchun jazo qattiqlashtirilmoqda.

IIV, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ijtimoiy himoya agentligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda, bu qonunni amalga oshirish uchun qonun loyihasi uch oy ichida tayyorlanishi belgilandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda 13 yoshli qizni 53 yoshli oʻqituvchi zoʻrlashda gumonlanmoqda