Namanganda o‘qituvchi qizga nisbatan jinoyatda gumonlanmoqda

Namangan viloyatidagi Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi ota–onaning murojaati asosida 1973 yilda tug‘ilgan o‘qituvchi T.Sh. 2013 yilda tug‘ilgan 6-sinf o‘quvchi qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilishda gumonlanmoqda. Bolalar ombudsmani mazkur holatni jamoat nazoratiga olib, ijtimoiy taʼsir va ogohlik choralarini kuchaytirgan.
Maʼlum qilinishicha, ota–ona 28 mart kuni tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan va farzandiga nisbatan sodir etilgan ehtimoliy jinoyat haqida xabar bergan. Yangiqo‘rg‘on tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi T.Sh. qonunan ushlangan va unga nisbatan qatʼiy ehtiyot chorasi — qamoq qo‘llangan. Hozirda tergov xodimlari dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda, jumladan dalillarni yig‘ish va guvohlarni so‘roq qilish ishlari olib borilmoqda.
Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismiga ko‘ra, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan zo‘rlik, qo‘rqitish yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalangan holda jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyati uchun 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Bolalar ombudsmani aholini hushyor bo‘lish va farzandlarning xavfsizligi uchun ogohlik choralarini kuchaytirish lozimligini taʼkidladi. Jamoat nazorati va tezkor choralar orqali bunday jinoyatlarning oldi olinadi va jabrlanganlar huquqlari himoya qilinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!