date

Tramp: Eron urushni yakunlash bo‘yicha aksariyat shartlarga rozi bo‘ldi

Tramp: Eron urushni yakunlash bo‘yicha aksariyat shartlarga rozi bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron urushni yakunlash uchun ilgari surilgan ko‘p shartlarga rozilik bildirgan, biroq Vashington qo‘shimcha talablarni ham kiritmoqchi.

“Ular bizning aksariyat shartlarimizga rozilik bildirdi. Umumiy 15 bandni qo‘ygan edik va ularning ko‘pchiligi qabul qilindi. Hozir esa yana bir nechta qo‘shimcha bandlarni kiritmoqchimiz”, — dedi Tramp jurnalistlarga.

Shu bilan birga, avvalroq Eron AQSh shartlarini rad etgani va o‘z navbatida qarshi talablar ilgari surganini ma’lum qilgan edi.
Eronning talablarida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni saqlash, AQSh tomonidan tovon to‘lash va Eronga qarshi yangi harbiy harakatlar qilinmasligini kafolatlash ham bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: Eron urushni yakunlash bo‘yicha aksariyat shartlarga rozi bo‘ldi