Peruda 63 santimetrli tor uy qurildi

Peruda 63 santimetrli tor uy qurildi
Qisqacha

Peruning shimolidagi Uaral provinsiyasi, Aukalyama tumanida kengligi atigi 63 santimetr bo'lgan, barcha zarur qulayliklarga ega ikki qavatli uy qurildi. Uni mahalliy fuqaro Fabio Moreno loyihalashtirgan bo'lib, uyda yuvinish xonasi, oshxona, yotoqxona, ishlash xonasi va boshqa bo'limlar mavjud. Aukalyama markaziy maydoni qarshisida joylashgan inshootga bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ko'p kishining kirishi deyarli imkonsiz.

Peruning shimolida joylashgan Uaral provinsiyasi, Aukalyama tumanida kengligi atigi 63 santimetr bo‘lgan, ammo to‘liq imkoniyatlarga ega dunyodagi eng tor uy barpo etildi. Bu haqda “Oddity Central” nashri ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur turar joy mahalliy fuqaro Fabio Moreno tomonidan loyihalashtirilib, qurib bitkazilgan. Tashqi tomondan u ko‘proq ko‘cha art-installyatsiyasini eslatsa-da, uy ichida zamonaviy yashash uchun barcha kerakli qulayliklar jamlangan: yuvinish xonasi, oshxona, ovqatlanish joyi, yo‘lak, yotoqxona, ishlash xonasi, kir yuvish bo‘limi hamda ikki qavatni bog‘lab turuvchi ikkita zina mavjud.

Ushbu noodatiy uy Aukalyamaning markaziy maydoni qarshisida joylashgan bo‘lib, istagan inson uni borib tomosha qilishi mumkin. Biroq hudud juda tor ekani sababli bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ko‘p kishining ichiga kirib ko‘rishi deyarli imkonsiz.

Morenoning ta’kidlashicha, bunday inshootni barpo etishdan asosiy maqsad – baxt uyning kattaligiga emas, balki mavjud maydondan qanchalik oqilona va samarali foydalanishga bog‘liq ekanini namoyish qilishdir. Uyning g‘ayrioddiy shakli va jozibali ranglari allaqachon minglab sayyohlarni o‘ziga jalb etmoqda. Kutilmoqdaki, u yaqin vaqt ichida mashhur turistik manzilga aylanadi.

Moreno allaqachon Ginnes rekordlar kitobiga “dunyodagi eng tor uy” sifatida kiritish uchun ariza taqdim etgan. Biroq ushbu rekordni rasman tasdiqlash jarayoni ma’lum vaqt talab qilishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar