1 257
“Energiya narxi oshishi hech kimga yoqmaydi, lekin bu – achchiq dori” — Umid Obidxo‘jayev
O‘zbekistonda aholiga gaz va elektr energiyasi iste’moli uchun “ijtimoiy norma” kiritilmoqda. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxo‘jayev davlatning hammaga subsidiya to‘lashda davom etishi normal holat emasligi, bu mablag‘larni muhimroq bo‘lgan boshqa sohalarga yo‘naltirish kerakligi haqida gapirdi.
“Birinchi navbatda tarif islohotining mohiyatini tushunib olishimiz kerak. Buning tagida adolat va manzillilik yotibdi. Bu auditoriyada davlatdan subsidiya olmagan birorta inson yo‘q. O‘tirgan vazir o‘rinbosarlari ham, moderator ham, umuman hammasimiz elektr energiyani iste’mol qilayotganimizda yordam olamiz. Shu narsa to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi degan savolni o‘zimizga berib ko‘raylik.
Ikkinchidan, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam manzilli bo‘lishi kerakmi yoki yoppasiga hammamizga berilishi kerakmi? Bu narsa manzilli bo‘lishi kerak. Masalan, mening oldimga bir inson kelib, yordam so‘ramoqda. Balkim undan-da yordamga muhtoj bo‘lgan odamlar ham bordir. Shuning uchun ijtimoiy norma tushunchasi kiritilmoqda va bu miqdor 250 kVt soat etib belgilanmoqda. Shu miqdorgacha iste’mol qiladigan aholi kamroq to‘laydi, undan yuqori hajmda iste’mol qilganlar, xususan uch qavatli uyida issiq poli, elliktalab konditsioneri bo‘lganlar esa ko‘proq to‘laydi.
Ikkinchi masala. Keyingi besh yilda uchta: ta’lim, tadbirkorlik va ijtimoiy himoya yo‘nalishlarida ishlab, kambag‘allikni ikki barobarga qisqartirish rejalashtirilmoqda. Ammo hamma narsani ijtimoiy himoyaga bog‘lab qo‘ya olmaymiz, yangi ish o‘rinlarini yaratishimiz kerak.
Transformator haqida savol berildi. Bizning hisob-kitoblarimizga ko‘ra, transformatorlarning yuklanganlik darajasi ba’zi bir viloyatlarda 80 foizdan yuqori, texnik normasi 80 foiz. Ishlab chiqarish quvvatlari 2017 yilda 61 mlrd kVt soatni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda bu 72 mlrd kVt soatga yetdi. Endi ishlab chiqarilgan narsa bor, ammo uni aholiga yetkazib berish kerak. Buning uchun transformatorlar kerak va ularning yuklanganlik darajasi oshib bormoqda.
2021-2023 yillarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan 284 trln so‘mlik investitsiya loyihalari bor. Andijon shahri bo‘yicha 16 mingta, Chirchiq shahri bo‘yicha 1,7 mingta ish o‘rni yaratishimiz kerak. Hozirgi kunda birorta biznes bormi elektr energiyasiz ishlaydigan? Biz kafolatli tarzda ularga elektr energiya yetkazib berishimiz kerak. Yildan yilga aholi soni oshyapti.
Birorta insonga elektr energiya narxining oshishi yoqmaydi. Bu – energetika tizimini sog‘lomlashtirish uchun kerak bo‘ladigan achchiq bir dori. Shu narsadan o‘tishimiz kerak. Natijada ta’minot hozirgi holatga nisbatan yaxshilanadi. Kirim bo‘lmasa, chiqim ham bo‘lmaydi-ku. Tizimni yaxshilash uchun qayerdandir oqim kerak. Odamlarga tariflarni nisbatan yengilroq qilaylik, soliqlarni oshirmaylik deb, xorijiy investorlarni jalb qilmoqchi bo‘lsak ham, hamma narsa borib hozirga tariflarga taqaladi. Daromad yo‘q bo‘lsa, hech qaysi investor bu sohaga kirmaydi.
Ijtimoiy himoyani o‘ylab ham tabiiy gazga, ham elektrga ijtimoiy norma kiritilyapti, undan yuqori miqdorda iste’mol qiladiganlar esa mahsulot tannarxiga yaqinroq summada pul to‘lasin. Hammaning subsidiya olishi normal holat emas, chunki bizdan ham ko‘ra qiynalganroq odamlar bor. Davlat tomonidan subsidiya uchun ajratilayotgan pullarni esa boshqa muhim sohalarga yo‘naltirishimiz kerak.
Makro darajada tushuntiradigan bo‘lsak, tasavvur qiling, bitta ot bor. Doimiy tarzda unga qarab turishingiz kerak, bo‘lmasa qoqiladi. Yanvarda bo‘lib o‘tgan blekautdan hammamizning xabarimiz bor, bu birinchi signal. Bu narsa takrorlanmaydi, hamma narsa yaxshi bo‘ladi deyishimiz uchun tizimda islohotlar o‘tkazilishi kerak. Hozir hammamiz nisbatan kichikroq og‘riqni yengib o‘tamiz. Bu qiyin islohot”, dedi Obidxo‘jayev 31 may kungi matbuot anjumanida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi