date

NVIDIA raqibi Groq AI bozorida yirik sarmoya jalb qilmoqda

NVIDIA raqibi Groq AI bozorida yirik sarmoya jalb qilmoqda

NVIDIA’ga raqib hisoblangan Groq startapi sun’iy intellekt chiplari sohasida yangi investitsiya raund arafasida turibdi, deb TechCrunch.com xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, kompaniya 6 milliard dollar (taxminan 75,6 trillion so‘m) baholanish asosida yangi mablag‘ jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Groq o‘zining yuqori samarali chiplari va “streaming” arxitekturasi orqali AI hisoblash jarayonlarini ancha tezlashtirishni maqsad qilgan.

Kompaniya so‘nggi oylarda OpenAI, xAI va boshqa AI loyihalar bilan hamkorlik muzokaralarini olib borgan.

Bu potentsial sarmoya kompaniyani NVIDIA’ga raqobatdosh texnologik yetakchilardan biriga aylantirishi mumkin.

Hozircha rasmiy bayonot berilmagan, ammo muzokaralar yakuniga yetishi kutilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » NVIDIA raqibi Groq AI bozorida yirik sarmoya jalb qilmoqda