Adobe Photoshop sun’iy intellekt texnologiyasi yordamida insonlar va obyektlarni rasmga tabiiy tarzda qo‘shish funksiyasini joriy etdi, deb rozetked.me xabar berdi.
Yangi funksiya Adobe Firefly generativ AI modellariga asoslangan bo‘lib, obyektlarni foto kompozitsiyaga mutanosib tarzda joylashtiradi.
Tizim yorug‘lik, soya va perspektiva elementlarini hisobga olib, obyektlarni real muhitga moslashtiradi.
Bu funksiya foydalanuvchilarga rasmni qayta ishlashda realizm effektlarini yanada oson va aniq ta’minlash imkonini beradi.
Adobe bu yangilik dizaynerlar, fotograf va kontent yaratuvchilar uchun katta qulaylik yaratishini ta’kidlamoqda.
Funksiya hozircha beta shaklda Photoshop’ning yangi versiyasida faollashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar