OpenAI ChatGPT platformasiga yangi “Study Mode” funksiyasini joriy qildi, deb TechCrunch.com xabar berdi.
Ushbu rejim foydalanuvchilarga o‘qish jarayonini samarali tashkil qilish, tushunilmagan nuqtalarni so‘rash va murakkab ma’lumotlarni soddalashtirish imkonini beradi.
Study Mode yordamida ChatGPT sinov savollarini berish, mavzu bo‘yicha izohlar keltirish va interaktiv darslar shaklida javob qaytarish imkoniyatiga ega.
OpenAI bu funksiyani asosan talabalar, o‘quvchilar va mustaqil o‘rganuvchilar uchun ishlab chiqqan.
Study Mode davomida ChatGPT sizning o‘rganish uslubingizga moslashib, foydali strategiyalar taklif qiladi.
Yangi funksiya GPT-4o asosida ishlaydi va barcha foydalanuvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar