TikTok platformadagi videolarda yangrayotgan qo‘shiqlarni YouTube Music servisiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri saqlash funksiyasini joriy qildi, deb TechCrunch.com xabar berdi.
Endilikda TikTok foydalanuvchilari videodagi musiqani bir bosish orqali o‘z YouTube Music akkauntiga qo‘shishlari mumkin bo‘ladi.
Ushbu funksiya Apple Music va Spotify platformalaridagi mavjud imkoniyatlarga qo‘shimcha sifatida ishlaydi.
Google va TikTok o‘rtasidagi bu integratsiya ayniqsa musiqa muxlislari uchun qo‘shiqlarni saqlash va qayta eshitishni ancha osonlashtiradi.
Funksiya avval AQShda sinov tariqasida joriy etilmoqda va keyinchalik boshqa davlatlarga ham tarqatiladi.
TikTok va YouTube Music o‘rtasidagi hamkorlik musiqiy ekotizimda yangi bosqichni boshlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar