
Namangan viloyati asalari paketlari eksporti bo‘yicha O‘zbekistonda yetakchilikni saqlab kelmoqda. Joriy yil boshidan buyon viloyatdan 30 mingta asalari paketi eksport qilinib, bu jami $700 mingni tashkil etdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha umumiy hisobda shu davr mobaynida 132 mingta asalari paketi eksport qilingan bo‘lib, ularning umumiy qiymati $3,3 millionni tashkil etgan. Shundan 30 foizdan ortig‘i Namangan hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Viloyatda 4,5 mingdan ortiq asalari boqish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar mavjud bo‘lib, ular jami 348 mingta asalari oilasini parvarishlamoqda. Joriy yil boshidan buyon 4,5 ming tonna asal ishlab chiqarilgan.
Ishlab chiqarish hajmi yil sayin 10–12 foizga o‘sib bormoqda. Bu esa sohaga bo‘lgan e'tibor va rivojlanish sur'atlarining barqarorligini ko‘rsatmoqda.
Asalari paketlari asalari uyalarini joylashtirish uchun maxsus jihozlangan yog‘och qutilar hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.