
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa bilan yangi shartnoma imzolashi qaysi omillarga bog'liqligini ma'lum qildi. Ispaniyalik mutaxassisning amaldagi shartnomasi “Arsenal” bilan 2027-yil 30-iyungacha mo'ljallangan.
“Menimcha, murabbiy ertaga ham jamoada qolish huquqini o'zi ishlab topishi kerak. Bu uning vaziyatlarga qanday munosabat bildirishi, kiyinish xonasida o'zini qanday tutishi, jamoaga qanday signal berishi va futbolchilar uni qay darajada qo'llab-quvvatlashiga bog'liq”, — deya Arteta so'zlarini keltiradi ESPN.
Arteta qo'llab-quvvatlashni eng muhim omil sifatida tilga oldi va bu borada, avvalo, futbolchilarning ishonchi va yordamini nazarda tutayotganini ta'kidladi. APLning 16-turidan so'ng “Arsenal” Arteta boshchiligida 36 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam.
London klubi “Manchester Siti”ni 2 ochkoga, “Aston Villa”ni esa 3 ochkoga ortda qoldirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.