Xalqaro valyuta jamg‘armasi Markaziy Osiyo YAIM o‘sishini qanchaga baholadi?

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) hisobotiga ko‘ra, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti 2026 yilda 3,9 foizga oshishi kutilmoqda. Jamg‘arma tahlilchilari 2025 yilda mintaqa iqtisodiyoti 4 foiz atrofida o‘sishini prognoz qilgan.
XVJ global iqtisodiyotda ham nisbatan barqaror dinamika saqlanishini kutmoqda: 2026 yilda jahon o‘sishi 3,3 foiz, 2027 yilda esa 3,2 foiz bo‘lishi taxmin qilinadi. Hisobotda qayd etilishicha, savdo sohasidagi muammolar qisman yangi texnologiyalarga, jumladan sun’iy intellektga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hisobiga muvozanatlanmoqda.
Jamg‘arma bahosiga ko‘ra, jahon inflyatsiyasi joriy yilda 3,8 foizni, kelasi yilda esa 3,4 foizni tashkil etadi. Biroq savdo mojarolari noaniqlikni kuchaytirib, iqtisodiy faollikni sekinlashtirishi mumkin.
Shuningdek, siyosiy va geosiyosiy keskinliklar ta’minot zanjirlariga putur yetkazishi, moliyaviy hamda xomashyo bozorlarida tebranishlarni kuchaytirishi ehtimoli ham alohida xavf omili sifatida tilga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!