date

Qarzdan qochib qutulish yo‘q: Cobalt auksionga qo‘yildi

Qarzdan qochib qutulish yo‘q: Cobalt auksionga qo‘yildi

Qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda qarz majburiyatlaridan chetlab o‘tishning iloji yo‘q. Bu holat Yozevon tumanida amalga oshirilgan navbatdagi ijro harakatlari misolida yana bir bor o‘z isbotini topdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 2024 yil 28 noyabrda qabul qilingan hal qiluv qaroriga asosan, qarzdor fuqarodan “APEX INSURANCE” aksiyadorlik jamiyati foydasiga 102,4 million so‘m undirish belgilangan edi.

Ushbu ijro hujjatiga muvofiq, Majburiy ijro byurosining Yozevon tuman bo‘limi tomonidan qonun doirasida barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Avvalo, qarzdorga nisbatan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzni ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun belgilangan muddat berildi. Shuningdek, u rasman ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Biroq berilgan imkoniyatlarga qaramasdan, belgilangan vaqt ichida qarzdorlik bartaraf etilmadi.

Shundan so‘ng, qonun talablariga muvofiq, majburiy choralar qo‘llanildi. Xususan, qarzdorga tegishli “COBALT” rusumli avtomashina xatlanib, maxsus jarima maydoniga joylashtirildi.

Ayni paytda ushbu transport vositasi belgilangan tartibda baholanib, qonuniy asosda auksion savdosiga chiqarildi. Savdodan tushgan mablag‘ qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirilishi belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdan qochib qutulish yo‘q: Cobalt auksionga qo‘yildi