Ertaga qayerlarda qor yog‘ishi aytildi

1 daqiqa o'qish122.9K
Ertaga qayerlarda qor yog‘ishi aytildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zgidromet 16-yanvar kuni respublika bo'ylab havo o'zgaruvchan bo'lishi, ayrim hududlarda yomg'ir yog'ib, ba'zi joylarda qorga aylanishi mumkinligini ma'lum qildi.
  • Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, kechqurun qorga aylanishi ehtimoli bor, Qoraqalpog'iston va Xorazmda esa ayrim joylarda biroz qor yog'ishi kutilmoqda.

O‘zgidromet 16-yanvar kuni uchun ob-havo prognozi bilan o‘rtoqlashdi. Ertaga respublika bo‘ylab havo asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi: ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Tuman tushishi va shamolning kuchayishi ham kutilmoqda — shuning uchun yo‘lda ehtiyot bo‘lish kerak.

Toshkent shahri

Poytaxtda havo o‘zgaruvchan, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi ehtimoli bor.
Shamol g‘arbdan 5–10 m/s. Harorat kechasi va kunduzi 6–8° iliq.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm

Ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin.
Shamol g‘arbdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 2–7° sovuq, kunduzi 2° sovuqdan 3° iliqqacha.

Buxoro va Navoiy

Ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) va tuman kutilmoqda.
Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ayrim hududlarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi 0–5° iliq.

Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand

Ba’zi joylarda yomg‘ir-qor, tuman ehtimoli bor.
Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ayrim joylarda 15–20 m/s gacha kuchayadi.
Harorat kechasi va kunduzi 3–8° iliq.

Qashqadaryo va Surxondaryo

Havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) va tuman kutilmoqda.
Shamol g‘arbdan 7–12 m/s, ayrim joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi va kunduzi 3–8° iliq.

Andijon, Namangan, Farg‘ona

Kunning ikkinchi yarmida ayrim hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, tuman tushishi mumkin.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi.
Harorat kechasi 1° sovuqdan 4° iliqqacha, kunduzi 2–7° iliq.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?