date

Elektron viza bilan kirganlar vizasini bir marta uzaytira oladigan bo‘ldi

Elektron viza bilan kirganlar vizasini bir marta uzaytira oladigan bo‘ldi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2026 yil 1 maydan IIV huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti elektron viza bilan kirgan xorijiy fuqarolarning vizasini bir marta, 30 kungacha uzaytirish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, viza muddatini uzaytirish hamda ro‘yxatga olish tartiblari soddalashtirilishi va raqamlashtirilishi belgilandi.

Qarorga muvofiq, xorijiy fuqarolarga mehnat qilish ruxsatnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha vakolat ham mazkur departamentga beriladi. Bu o‘zgarishlar hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish va xizmatlarni yagona tizim orqali boshqarishga qaratilgani qayd etildi.

Yana bir yangilikka ko‘ra, 2026 yil 1 sentyabrdan talabalar yotoqxonaga joylashishi bilan birga ro‘yxatga olinadi. Bundan tashqari, 2026 yil 1 fevraldan ID karta olayotgan fuqarolarga ERI (ESP) bepul taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Elektron viza bilan kirganlar vizasini bir marta uzaytira oladigan bo‘ldi