Samimiyat manzili Samarqand: Jamshid Bobojonovdan yuraklarga yetgan tashrif (video)

Aktyor Jamshid Bobojonov O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametovaning onasi 13 yanvar kuni 90 yoshga to‘lgani munosabati bilan tabriklash uchun Samarqandga bordi.
Jamshid Bobojonov ushbu tashrif haqida joylagan video postida shunday dedi:
“Bugun Saida Rametovaning onalari 90 yoshni qarshi oldilar. Shu munosabat bilan onajonni tabriklashga keldim. Ular meni juda yaxshi ko‘rar ekanlar. Hatto bundan ikki oy avval taklif ham qilishgan edi.”
Videoda onaxon Jamshid Bobojonovni ko‘rib nihoyatda quvonib ketgani, uni bag‘riga bosib, mehr bilan yaxshi ko‘rishini aytgani hamda chin dildan duo qilgani aks etgan. Shuningdek, u biror kun aktyorni televizorda ko‘rmasa, sog‘inib yig‘lab yuborishini ham samimiy tarzda aytib o‘tgan.
Mazkur post Jamshid Bobojonovning muxlislari tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘plab foydalanuvchilar izohlarda aktyorni juda yaxshi ko‘rishlarini, uning samimiyligi va insoniyligi hurmatga sazovor ekanini ta’kidlashdi.