Koizumining goli Yaponiyani U-23 Osiyo Kubogi finaliga olib chiqdi

U-23 Osiyo kubogi hal qiluvchi bosqichlarga yetib keldi. Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a chempionatida yarim final bahslari start oldi va birinchi finalchi nomi aniqlandi.
Yaponiya hamda Janubiy Koreya terma jamoalari final yo‘llanmasi uchun maydonga tushdi. Uchrashuv ancha qiziqarli va tinimsiz kurash ostida kechdi. Biroq tablodagi yagona o‘zgarish 36-daqiqada ro‘y berdi: yaponlar himoyachisi Kaito Koizumi aniq zarba yo‘llab, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shu gol o‘yin taqdirini hal qildi — 1:0.
Shu tariqa, “kunchiqar yurt” vakillari final chiptasini qo‘lga kiritdi. Koreya esa endilikda turnirni bronza medal bilan yakunlash uchun uchinchi o‘rin bahsida ishtirok etadi.
U-23 Osiyo Kubogi
Yaponiya – Janubiy Koreya 1:0
Gol: Koizumi 37’
Yaponiya: 23.Araki, 2.Umeki, 4.Nagano, 5.Ichihara (Okabe, 66), 6.Ogura, 10.Sato, 13.Ishibashi (Yokoyama, 65), 16.Koizumi, 17.Shimamoto (Ishivatari, 84), 18.Kume (Furuya, 65), 19.Michivaki (Nvadike, 65).
Janubiy Koreya: 21.Xong Seon Min, 2.Kan Minjun, 3.Bae Xyunseo (Li Chanouk, 81), 5.Lee Xyung Yong, 7.Kang Seong Jin (Jun Jihun, 88), 8.Kim Dong Jin (Jeong Jayesang, 89), 15.Bayek Gaon (Kim Tae Von, 58), 17.Kim Yong Xak (Yun Sin Be, 58), 19.Lee Geon Xee, 22.Jang Seok Xvan, 23.Shin Min Xa.
Ogohlantirish: Ogura (70).
Endilikda barcha e’tibor finalga qaratildi: Yaponiya kubokka yana bir qadam qolganini his qilib turibdi. Koreya esa bu mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarib, uchinchi o‘rin uchun bahsda xarakter ko‘rsatishga harakat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!