2019 yilda milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi valyuta bozoridagi talab va taklifning joriy nisbatidan kelib chiqib, ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllandi.
Markaziy bankning 2019 yilda ichki valyuta bozori va uning rivojlanish tendensiyalariga doir sharhida aytilishicha, bunda valyuta bozorida talab va taklifning bir maromda oshishi sharoitida, maqsadli sotuv hajmlariga nisbatan intervensiyalar hajmi kam bo‘lganligi sababli, birinchi yarim yillik davomida valyuta birjasidagi savdo sessiyalarida milliy valyuta AQSH dollariga nisbatan 2,8 foizga qadrsizlandi.
2019 yilning iyul va avgust oylarida savdo hamkorlar bo‘lgan ayrim davlatlar valyutalari devalvatsiyasi va buning natijasida yuzaga kelgan devalvatsion kutilmalarning ortishi, shuningdek, ichki valyuta bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talabning o‘sishi natijasida milliy valyuta 10,2 foizga qadrsizlandi.
2019 yil davomida valyuta birjasi savdolarida so‘mga nisbatan AQSH dollarining dinamikasi
(so‘m/AQSH doll.)
2019 yilning keyingi oylarida so‘mning almashuv kursi nisbatan barqaror bo‘lib, sentabr-noyabr oylari davomida 1,3 foizga qadrsizlangan bo‘lsa, dekabr oyida 0,1 foizga mustahkamlandi.
Umuman olganda, 2019 yil davomida milliy valyutaning AQSH dollariga nisbatan almashuv kursi yil boshiga nisbatan 13,9 foizga qadrsizlandi (8341 so‘m/doll.dan 9501 so‘m/doll.gacha). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»