
Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, 18-noyabr kuni dollar kursi 12 009,92 so‘mni tashkil etib, 29,69 so‘mga pasaygan. Shuningdek, regulyator rubl va yevro kurslarini ham yangiladi: rubl — 147,80 so‘m, yevro — 13 933,91 so‘m.
O‘zbekiston Respublikasi Valyuta birjasining ma'lumotlariga ko‘ra, 17-noyabr kuni savdo boshlangan vaqtdagi dollar kursi 12 010,00 so‘m bo‘lgan va 29,61 so‘mga pasaygan. Banklarda 17-noyabr soat 16:00 holatiga ko‘ra, dollarni 11 950–11 980 so‘mga sotib olishgan, 12 035–12 095 so‘mga sotishgan.
Rublni sotib olish kursi 90–141 so‘m, sotish kursi esa 150–190 so‘mni tashkil qilgan. Yevroni esa 12 830–13 830 so‘mga sotib olishgan, 14 000–15 500 so‘mga sotishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.