
Pokiston davlat banki (NBP) O'zbekistonda o'z filialini ochishni rejalashtirmoqda. Bu ikki mamlakat o'rtasidagi hisob-kitoblar va moliyaviy operatsiyalarni soddalashtirishga xizmat qiladi.
Bu haqda The Express Tribune nashri xabar berdi. Mazkur masala Pokiston-O'zbekiston hamkorligiga bag'ishlangan sakkizinchi sessiya davomida muhokama qilingan.
Uchrashuvda tomonlar savdo sohasidagi to'siqlarni bartaraf etish maqsadida banklararo hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar. Shuningdek, Pokiston yiliga 2 milliard dollarlik ikki tomonlama savdo hajmiga erishish uchun sa'y-harakatlarni tezlashtirmoqda.
Bundan tashqari, tomonlar Qorachi va O'zbekiston shaharlarini bog'laydigan to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovlarini yo'lga qo'yish, shuningdek, Pokistondan eksport qilinadigan dori-darmonlarni sertifikatlash jarayonini tezlashtirish uchun qo'shma guruh tuzish masalalarini ham muhokama qilishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.