date

Nilufar Usmonova: “3 marta turmush qurdim, 3 marta ajrashdim — barchasi qismat” (video)

Nilufar Usmonova: “3 marta turmush qurdim, 3 marta ajrashdim — barchasi qismat” (video)

Xonanda Nilufar Usmonova Instagram’da joylagan videosida o‘z hayoti haqida samimiy fikrlarini bo‘lishdi.

“Mening 5 nafar farzandim bor. 3 marta turmush qurganman va 3 marta ajrashganman — bu fakt. Birinchi turmush o‘rtog‘im olamdan o‘tgan. Ikkinchi marta turmush qurdim, keyin ajrashdik. Uchinchi turmushim ham ajrim bilan yakunlandi. Bu — qismat. Qanchalik buni istamagan bo‘lsam ham, hayotda yashab o‘tishga majbur bo‘ldim.

Bugungi kunga kelib, bularning barchasi uchun shukronalik aytaman. Ularning har biridan roziman, har kuni haqqiga duo qilaman. Hozir ular bilan oilada yashagan paytlarimdagidan ham yaqinman. Asl yaqinlik endi boshlandi. Yaratganga ishonaman va bilamanki — bo‘lib o‘tgan har bir narsa xayrlikka bo‘lib o‘tishiga,” — deya gapirdi xonanda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Nilufar Usmonova: “3 marta turmush qurdim, 3 marta ajrashdim — barchasi qismat” (video)