
17-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy banki ma’lumotiga binoan dollar kursi 12 039,61 so‘mni tashkil etdi. Amerika valyutasi 54,51 so‘mga ko‘tarilgan.
Bundan tashqari, regulyator rubl va yevro kurslarini ham yangiladi: rubl 149,17 so‘m, yevro esa 13 992,43 so‘m deb belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida esa 14-noyabrda ochilish auksioni kursi 12 039,00 so‘mni tashkil etgan bo‘lib, kun davomida 53,90 so‘mga o‘sish kuzatilgan.
14-noyabr kuni soat 16:00 holatiga ko‘ra, banklarda dollarni 11 930–11 980 so‘m diapazonida sotib olishgan, sotuv esa 12 020–12 095 so‘m oralig‘ida bo‘lgan. Rubl kursi bo‘yicha sotib olish narxi 90–140 so‘m, sotish narxi esa 149–190 so‘mni tashkil etgan.
Yevro esa 12 760–13 750 so‘m oralig‘ida sotib olingan bo‘lsa, 13 960–15 500 so‘m diapazonida sotilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.