
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" futbol klubi qanot himoyachisi Joau Kanselu "Barselona" klubining qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Portugaliyalik futbolchi avvalroq Yevropa chempionatlarida yana o'ynashni istashi haqida ma'lum qilgan edi. Manbaga ko'ra, "Barselona" yaqin kunlarda Kanseluning transfer imkoniyatlarini o'rganishni rejalashtirmoqda.
Himoyachi 2023/24-yilgi mavsumda kataloniyaliklar safida o'ynagan. Joriy mavsumda 31 yoshli Kanselu barcha turnirlarda to'rtta uchrashuvda maydonga tushib, bir golga assistentlik qilgan.
Uning "Al-Hilol" bilan shartnomasi 2027-yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining transfer narxi 15 million yevroni tashkil qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.