
Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11 martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 38,68 so‘mga ko‘tarilib, 10 957,36 so‘mni tashkil qildi. Yevro 119,14 so‘mga ko‘tarilib, 12 096,93 so‘m bo‘ldi. Rubl 11,44 so‘mga ko‘tarilib, 92,02 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 21,41 so‘mga ko‘tarilib, 10 918,68 so‘mni tashkil qilgandi. Tijorat banklarida 10 mart kuni dollar kursi 10 975 so‘mgacha ko‘tarildi. Hisob palatasi prognoziga ko‘ra, 2022 yilda ushbu valyuta kursi 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar