date

Oʻzbekistonda qaysi viloyatlar keshbek boʻyicha yetakchi boʻldi?

Oʻzbekistonda qaysi viloyatlar keshbek boʻyicha yetakchi boʻldi?

2026 yil mart oyida Oʻzbekistonda isteʼmolchilarga katta miqdorda keshbek qaytarildi. Soliq qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu davrda 216,8 million chek uchun jami 168 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ toʻlab berilgan.

Umuman olganda, yilning dastlabki uch oyida 611,7 million chek rasmiylashtirilib, ular boʻyicha 447,3 milliard soʻm keshbek qaytarilgan. Faqat mart oyining oʻzida 6,1 milliondan ziyod foydalanuvchi ushbu tizimdan foydalangani qayd etilgan.

Hududlar kesimida eng katta keshbek Toshkent shahri hissasiga toʻgʻri kelib, 49,7 milliard soʻmni tashkil etgan.

Keyingi oʻrinlarda Fargʻona viloyati 22,9 milliard soʻm, Andijon viloyati 20,2 milliard soʻm va Toshkent viloyati 17,1 milliard soʻm koʻrsatkich bilan qayd etilgan.

Shuningdek, Samarqand viloyatida 9,3 milliard soʻm, Xorazmda 8,9 milliard soʻm va Qoraqalpogʻistonda 8,5 milliard soʻm keshbek qaytarilgan.

Qolgan hududlarda ham muayyan koʻrsatkichlar qayd etilgan boʻlib, Namanganda 6,9 milliard soʻm, Qashqadaryoda 6 milliard soʻm va Buxoroda 5,5 milliard soʻm keshbek toʻlangan.

Surxondaryoda 4,3 milliard soʻm, Navoiyda 3,5 milliard soʻm, Jizzaxda 2,4 milliard soʻm va Sirdaryoda 2,2 milliard soʻm qaytarilgani maʼlum qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekistonda qaysi viloyatlar keshbek boʻyicha yetakchi boʻldi?