Feruza Normatova erining farzandi haqida ochiq gapirdi

Aktrisa va bloger Feruza Normatova “YashinTV” loyihasidagi suhbatida turmush o‘rtog‘ining farzandiga bo‘lgan munosabati haqida samimiy fikr bildirdi.
Uning aytishicha, turmush o‘rtog‘i farzandini juda yaxshi ko‘radi va u uchun har narsaga tayyor: “‘Aliment’ degan gap bizda muammo emas. Turmush o‘rtog‘im: ‘Bolamni ko‘rsam bo‘ldi, alimentni umr bo‘yi to‘layman. Bolamni bersa, hamma narsamni beraman’, deydi. U bolasi uchun mashina olib berishni, chet elga sayohatlarga olib borishni, uni xursand qilishni xohlaydi.”
Feruza Normatova shu bilan birga, bu masalada qiyinchiliklar ham bo‘layotganini yashirmadi: “Afsuski, u tomonda turli to‘siqlar bor. Bolani otasidan uzoqlashtirish, 15 sutkalab qamatish, otasiga bir yillab bolasini ko‘rsatmaslik, hatto boshqa odamni ‘dada’ deb ayttirishga urinish — bu insoniylikka to‘g‘ri kelmaydi.”
Aktrisa turmush o‘rtog‘ining farzandini qabul qilishga tayyor ekanini ham ta’kidladi: “Men u bolani o‘z farzandimdek qabul qilishga tayyorman. Turmush o‘rtog‘imning xotirjamligi — mening ham xotirjamligim. Otani bolasidan, bolani otasidan ajratadigan inson bo‘lishni istamayman.”
U, shuningdek, bu masalada ko‘p gap-so‘zlarga qaramay o‘z pozitsiyasidan qaytmasligini bildirdi: “Bolaga bo'lgan mehr bilan ayolga bo‘lgan mehrni solishtirib bo‘lmaydi — bu ikki xil tuyg‘u. Ular farzandi bilan baxtli bo‘lsa, men ham xursand bo‘laman”, — dedi Feruza Normatova.