Javohir Sindarovga chempionlik uchun xonadon sovgʻa qilindi

Javohir Sindarovga chempionlik uchun xonadon sovgʻa qilindi
Qisqacha

O'zbekistonlik yosh shaxmatchi, grosmeyster Javohir Sindarovga "Imarat Development" kompaniyasi asoschisi Marat Xayrullayevich tomonidan 2 xonali xonadon sovg'a qilindi. Kompaniya rahbari bu haqda ijtimoiy tarmoqda ma'lum qilib, yoshlarning yutuqlari kelajagimizning mustahkamligini ko'rsatishini ta'kidladi. Yangilik ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'lib, ko'plab foydalanuvchilar uni tabrikladi va farzandlarining ham shunday yutuqlarga erishishini tilashdi.

Oʻzbekistonlik yosh shaxmatchi, grossmeyster va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi Javohir Sindarovga "Imarat Development" kompaniyasi asoschisi Marat Xayrullayevich tomonidan 2 xonali xonadon sovgʻa qilindi.

Kompaniya rahbari bu haqda oʻzining ijtimoiy tarmoq sahifasida maʼlum qildi. U video post ostida quyidagi mazmunda izoh qoldirdi:

“Haqiqiy gʻalaba faqat maydonda emas. U sabrda, tinimsiz intilishda va oʻziga boʻlgan ishonchda namoyon boʻladi.

Bugun yoshlarimiz erishayotgan yutuqlar — kelajagimiz qanchalik mustahkam ekanining yaqqol isboti. Ayniqsa, shaxmat kabi aql sportida yuqori natijalarga erishish katta mehnat va mustahkam irodaning mahsulidir.

Shunday yoshlar bor ekan, bizda umid bor. Olgʻa, chempion Javohir Sindarov!”

Ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻldi. Koʻplab foydalanuvchilar yosh chempionni tabriklab, unga havas qilishlarini bildirishdi. Ayrimlar esa farzandlarini ham shunday yutuqlarga erishishini tilab, iliq izohlar qoldirishdi.

Javohir Sindarovga chempionlik uchun xonadon sovgʻa qilindi

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar