date

Andijonda qarzni 34 mln so‘m deb ko‘rsatgan elektromontyor ushlandi

Andijonda qarzni 34 mln so‘m deb ko‘rsatgan elektromontyor ushlandi

Andijon viloyatida elektr energiyasi qarzdorligi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “So‘fi qishloq” podstansiyasi navbatchi elektromontyori F.X. fuqaroning 680 ming so‘mlik elektr qarzini 34 million so‘m deb yolg‘on ko‘rsatgan.

U fuqaroga 17 million so‘m bersa, ushbu “qarzdorlik”ni yo‘q qilib berishini va’da qilgan. Elektromontyor pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi, ya’ni firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda qarzni 34 mln so‘m deb ko‘rsatgan elektromontyor ushlandi