Daryoga tushib ketgan 9 yoshli bola mayor tomonidan saqlab qolindi

Daryoga tushib ketgan 9 yoshli bola mayor tomonidan saqlab qolindi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida FVV xodimi 9 yoshli bolani qutqarib qoldi. Hodisa 23 may kuni “Bog‘bon” mahallasida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, bola velosiped minib ketayotgan vaqtida muvozanatini yo‘qotib, Qashqadaryo daryosiga tushib ketgan.

Vaziyatni ko‘rgan hududda yashovchi FVV xodimi, mayor Husniddin Sharapov zudlik bilan yordamga oshiqib, bolani suvdan olib chiqqan.

Hozirda bolaning ahvoli yaxshi ekani va u oilasi bag‘rida ekani ma’lum qilindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar