date

Qashqadaryoda Nexia va yuk mashinasi ishtirokida yirik YTH yuz berdi

Qashqadaryoda Nexia va yuk mashinasi ishtirokida yirik YTH yuz berdi

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida ikki Nexia va “KamAZ” yuk avtomobili ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Viloyat YHXB matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, voqea 24 may kuni soat 14:20 atrofida Qarshi–Yettitom yo‘nalishidagi D-150 avtomobil yo‘lida yuz bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ikki Nexia avtomobili jiddiy shikastlangani, “KamAZ” yuk mashinasi esa ag‘darilib ketganini ko‘rish mumkin. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur YTH oqibatida Nexia-2 avtomashinasining bir yo‘lovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan haydovchi va yo‘lovchilarga jiddiy zarar yetmagani aytildi.

Dastlabki surishtiruv ishlari davomida Nexia avtomashinasi haydovchisi transport vositalarini noto‘g‘ri quvib o‘tishi natijasida ushbu hodisa sodir bo‘lgani aniqlangan. Hozirda holat Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan qonuniy tartibda rasmiylashtirilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakatda yo‘l-transport hodisalari soni 17,7 foizga kamaygan. Biroq sodir bo‘lgan YTHlarning 31,4 foizi inson o‘limi bilan yakunlangan. Asosiy sabablar orasida tezlikni oshirish 32,9 foiz bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek, svetofor talablariga amal qilmaslik, piyodalarga yo‘l bermaslik va haydovchining rulda uxlab qolishi ham asosiy omillar sifatida qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda Nexia va yuk mashinasi ishtirokida yirik YTH yuz berdi