Harry Kane Erling Xoland va Kylian Mbappeʼni ortda qoldirib Oltin butsani qoʻlga kiritdi

1 daqiqa o'qish215
Harry Kane Erling Xoland va Kylian Mbappeʼni ortda qoldirib Oltin butsani qoʻlga kiritdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • "Bavariya" hujumchisi Harry Kane oʻtgan mavsumdagi sermahsul oʻyini evaziga "Oltin butsa" sohibiga aylandi.
  • Angliyalik forvard Bundesliga doirasida 36 ta gol urib, 72 ochko jamlagan holda Yevropaning barcha toʻpurarlarini ortda qoldirdi.
  • Reytingda ikkinchi oʻrinni 27 ta gol va 54 ochko jamlagan "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland egalladi.
  • Kuchli uchlikni esa 25 ta gol hamda 50 ochko toʻplagan "Real Madrid" sharafini himoya qilayotgan Kylian Mbappe yakunlab berdi.

Bavariya hujumchisi Harry Kane oʻtgan mavsumdagi sermahsul oʻyini evaziga nufuzli shaxsiy mukofot — "Oltin butsa" sohibiga aylandi. Angliyalik forvard Bundesliga doirasida 36 ta gol urib, 72 ochko jamlagan holda Yevropaning barcha toʻpurarlarini ortda qoldirishga muvaffaq boʻldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Reytingda ikkinchi oʻrinni Manchester Siti hujumchisi Erling Xoland egalladi. 2022/2023-yilgi mavsum gʻolibi hisoblangan norvegiyalik futbolchi bu safar 27 ta gol (54 ochko) bilan kifoyalandi. Kuchli uchlikni esa 25 ta gol (50 ochko) bilan hozirda Real Madrid sharafini himoya qilayotgan Kylian Mbappe yakunlab berdi.

Shvetsiyalik Viktor Gyökeres Portugaliya chempionatida 39 ta gol urgan boʻlsa-da, ushbu liganing koeffitsiyenti 1.5 ga teng boʻlgani sababli u umumiy hisobda ikkinchi oʻrinda qoldi. Shuningdek, kuchli sakkizlikdan Dion Beljo, Vedat Muriqi, Igor Thiago, Luis Suárez va Esteban Lepaul kabi futbolchilar joy olishdi.

Bundesliganing yana bir vakili Deniz Undav 19 ta gol bilan toʻqqizinchi pogʻonani band etdi. Yaqinda boʻlib oʻtgan Germaniya kubogi finalida Harry Kane xet-trik qayd etib, jamoasiga gʻalaba keltirganidan soʻng, Undav raqibiga yuqori baho berdi: "Unga bir qarich ham boʻsh joy berib boʻlmaydi. Ikkala oyogʻida ham zarbasi daxshatli. Bu haqiqiy jahon darajasi".

Maʼlumot uchun, Harry Kane Bavariya safida jami 147 ta oʻyinda maydonga tushib, 146 ta gol urishga erishdi. Bu uning faoliyatidagi ilk "Oltin butsa" emas, u 2023/2024-yilgi debyut mavsumida ham aynan 36 ta gol bilan ushbu sovringa loyiq koʻrilgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?