7000 va 8000 mAs: Realme P4, P4x va P4 Lite smartfonlari taqdim etildi

Realme kompaniyasi Rossiya bozorida P4 smartfonlar liniyasining kengaytirilgan variantlarini sotuvga chiqarishini e’lon qildi. Avvalroq taqdim etilgan Realme P4 Power flagmaniga endilikda Realme P4, Realme P4x va Realme P4 Lite modellari qoʻshildi. Barcha yangi qurilmalar “Energiyaning yangi davri” konsepsiyasini davom ettirgan holda, asosiy e’tiborni Titan Battery sigʻimli akkumulyatorlari, yorqin AMOLED-displeylar va oʻyin funksiyalariga qaratadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Realme P4 modeli 6,8 dyuymli, 4000 nit yorqinlikka ega AMOLED-displey va 7000 mAs sigʻimli akkumulyator bilan jihozlangan. Qurilma Qualcomm Snapdragon 685 protsessori asosida ishlaydi. Smartfonning oʻziga xos jihati — orqa paneldagi AI Pulse Light dasturlashtiriladigan yorugʻlik indikatori boʻlib, u oʻyin jarayonlari va bildirishnomalarga mos ravishda miltillaydi. Shuningdek, u IP65 suv va changdan himoya hamda MIL-STD 810H harbiy standarti chidamliligiga ega.
Realme P4x modeli 120 Gs yangilanish chastotasiga ega 6,8 dyuymli LCD-ekran va rekord darajadagi 8000 mAs sigʻimli akkumulyatorni taklif etadi. Ushbu model ham IP64 himoya darajasi va MIL-STD 810H chidamlilik standarti bilan ta’minlangan. Seriyaning eng hamyonbop vakili Realme P4 Lite esa Unisoc T7250 (T615) chipi, 7000 mAs akkumulyator va 120 Gs chastotali 6,8 dyuymli IPS-displeyga ega boʻldi.
P4 seriyasidagi barcha modellar AI Game Partner sun’iy intellektli oʻyin dvigateli hamda foto va videolarni tahrirlash uchun Next AI vositalar toʻplami bilan jihozlangan. Yangi smartfonlar savdosi 2026-yil 7-iyuldan boshlanishi kutilmoqda, biroq hozircha narxlar ochiqlanmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!