17:56 / 18.11.2015
6 816

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida «Umrboqiy navolar» Respublika ko‘rik-festivali o‘tkaziladi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida «Umrboqiy navolar» Respublika ko‘rik-festivali o‘tkaziladi

Qadimiy cholg‘ularning mohir ijrochilari va havaskor yoshlar o‘rtasidagi «Umrboqiy navolar» Respublika ko‘rik-festivali 19 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkaziladi. Bu haqda tanlov hamda festival tashkilotchisi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi matbuot xizmati «Daryo»ga xabar berdi.

O‘zbek milliy musiqa cholg‘ulari rang-barangligi, turli-tumanligi, sadolanish xususiyatining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.

«Tanlov yoshlarimizda milliy sozlarning o‘ziga xos jozibali ohanglariga, milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi qadimiy cholg‘ularimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, unutilib borayotgan, ohanglari ezgulikka yo‘g‘rilgan – chanqobuz, sibizg‘a, bulomon, qo‘shnay, qobuz, do‘mbira kabi sozlarimizni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida keng targ‘ib qilish va ommalashtirish hamda mohir sozandalarni izlab topish, ularning ijro an’analarini yoshlarga o‘rgatishda katta imkoniyatlar yaratadi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Ushbu Respublika ko‘rik-tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamda hududiy hokimlik organlari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

Tanlov qadimiy cholg‘ularning mohir ijrochilari bilan havaskor yoshlar o‘rtasida ustoz-shogird an’anasini tiklash, shuningdek, Madaniyat va aholi dam olish markazlarida hududlarga xos bo‘lgan chanqobuz, sibizg‘a, bulomon, qo‘shnay, do‘mbira kabi qadimiy cholg‘ularni o‘rgatuvchi to‘garaklarni tashkil etishga xizmat qiladi.


Manba: Daryo.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekiston davlat konservatoriyasida «Umrboqiy navolar» Respublika ko‘rik-festivali o‘tkaziladi
[/banner_pushhouse